Dunyo aholisi shu yilning 31-oktabr kuni 7 milliardga yetadi
21.05.2011, 12:01
Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining yangi hisobotida dunyo aholisi shu yilning 31-oktabr kuni 7 milliardga yetishini, asrimiz so‘nggiga kelib esa 10 milliarddan oshishini prognoz qilgan, deya xabar beradi Reuters agentligi. Eslatib o‘tamiz, dunyo aholisi 1998- yilda 6 milliardga yetgan edi. BMTning aholi statistikasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi UNFPA (United Nations Population Fund) 24- oktabrdan boshlab yetti kunlik sanoqni boshlaydi. Hisobotda yana keltirilishicha, bugungi kunda aholisi soni 1,34 milliardni tashkil etuvchi Xitoyda 2100-yilga kelib ularning soni 1 milliarddan kamayib ketishi mumkin. Rossiya aholisi esa bugungi kundagi 143 milliondan 2050-yilga kelib 126 milliongacha, 2100-yilga kelib esa 111 milliongacha tushib ketadi.