Главная
 

www.joralar.clan.su

Shanba, 11.01.2025, 21:52



Приветствую Вас Гость | RSS
Главная
Меню сайта

Категории раздела
Мои файлы [16]

Мини-чат

Наш опрос
SIZ SEVGIGA ISHONASIZMI?
Всего ответов: 30

Форма входа

Главная » Файлы » Мои файлы

Botir Qodirov haqida YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
30.04.2011, 00:38
  Kamina Botir Qodirov 1981 yil 6 mayda Andijon viloyatida tavallud
topganman. San'atkor oilasida ulg'aydim. Onam O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist Zulxumor Qodirovaning duolari sabab el mehrini
qozondim. Bolaligimda san'atkor emas, aksincha huquqshunos bo'lishni orzu
qilganman. Ammo taqdir ekan, voyaga yetgach san'at yo'lini tanladim. Aziz
Zaynobiddinov, Orolmirzo Safarov va Musaxon Nurmatovni ustozlarim
sifatida hurmat qilaman. Tor, gitara va boshqa zarbli asboblarni chala
olaman. Avvaliga gitara chalib, atrofdagilar nazariga tushganman. Ilk
qo'shig'im — "Adashdim”ni 2006 yilda ijro etganman va uning bu qadar mashhur
bo'lishi o'sha paytlarda xayolimga ham kelmagan.
Fe'l-atvorim og'ir, bosiq. Xayotda ancha kamgapman. Mulohaza bilan ish
yuritishni xush ko'raman. Yolg'iz qolishni yoqtiraman. Yolg'izlik menga ko'proq
o'ylash, mulohaza yuritish va ijod qilish imkonini beradi. Rostgo'ylikni
qadrlayman. Rost so'z men uchun har qanday mukofotdan ham ustun turadi.
Insonlar bilan muloqotda samimiy bo'lishga intilaman. Va o'z navbatida
menga samimiy munosabatda bo'lganlarni ham qadrlayman. Ikki og'iz shirin
so'z menga katta kuch va ilhom bag'ishlaydi.
Bo'sh vaqtlarimda bilyard o'ynashni xush ko'raman. Shuningdek, suzish bilan ham
muntazam ravishda shug'ullanib turaman.
Xayotdagi maqsadim: O'zbekiston xizmat ko'rsatgan hamda Xalq artisti
unvonlariga sazovar bo'lish, yurtimizning eng ulug' bayrami – Mustaqillik
kunida, shuningdek, milliy an'analarimiz aks etgan Navro'z tantanalarida
o'z san'atim bilan ishtirok etish. Shu bilan birga butun dunyoda xonanda
sifatida nom qozonish. Chet ellarda o'zbek san'atini namoyish etish, ovozim
bilan chet elliklarni hayratga solish, yurtimga faqat va faqat olqish olib
kelish.
Orzuim esa... erta menga nima olib kelishini bilmayman. Lekin vaqti
kelib, kutilmagan, hayotimda tub burilish yasaydigan voqea ro'y berishiga
ishonaman... Va kutaman!
Категория: Мои файлы | Добавил: Admin | Теги: Admin
Просмотров: 11489 | Загрузок: 0 | Комментарии: 14 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 131 2 »
13 Sherzod  
0
Botir Qodirovning qo'shiqlarini maza qilib tinglayman va san'atini hurmat qilaman. Ularning ishlariga doimo rivojlar tilayman!!!

12 OZOD  
0
San'atingizga omad.QACHON QO'QONGA KELIB KONSERT BERASIZ???K U T A M I Z

11 Xushnudbek  
0
Salom Botir aka ijodizga omad

10 Qahramon  
0
Botir aka sizzi ijodizga gap yo'q. Yengi konsertingizni kutamiz.

9 Komoldin  
0
Assalomu alaykum Botir aka men sizni ijodingizni juda qadrlayman va sizga havas qilaman hozir yowim 16 da men ham sizga 6xwagan san'atkor b6lmoq4iman andijonda deyarli siz bilan 1 mahallada turaman agar iloji b6lganda 6zizga wogird qilib oling derdim sizdek san'atkor b6liw orzuyim 93.782 71 41

8 Komoldin  
0
Salom

7 dilyora  
0
salom botir qodirov men xam sizni ashadiy muhlisizman agar iloji bolsa telizi yozvoring iltimos siz bn yaqindan tanishmoqchiman ishlarizga omad

6 baxa  
0
botirga gap yuq lekin

5 Dilobar  
0
Botir Qodirov men sizni nafaqat sa'natkor balki inson sifatida juda hurmat qilaman. Bundan keyingi ijodingizga barkomollik, oilaviy hayotingizga ulkan baxt tilab qolaman.

4 Azizali  
0
salom

1-10 11-13
Имя *:
Email *:
Код *:
Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Copyright MyCorp © 2025